Foto: «The New York Times»
Hindistonlik 16 yoshli grossmeyster shaxmat bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.
Champions Chess Tour turnirlar seriyasi doirasidagi Airthings Master onlayn-musobaqasida 16 yoshli Rameshbabu Pragnanandha 39-yurishda norvegiyalik shaxmatchini mag‘lub etdi. Qayd etib o‘tish o‘rinli, Rameshbabu 12 yosh, 10 oy-u 8 kunlik vaqtida grossmeysterga aylangan.
Airthings Master musobaqasi 19 fevraldan 26 fevralga qadar davom etdi va unda Magnus Karlsen chempionga aylandi. Karlsen finalda rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surdi va g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli musobaqada rapid yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi chempion, o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi. Nodirbek musobaqa doirasida yana bir bor Karlsen bilan o‘ynab, durangga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning dekabr oyida Varshava shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratib, yakunda rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylangan edi.
Grossmeyster1, Magnus Karlsen1, Rameshbabu Pragnanandha1, Jahon chempioni1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi