22:39 / 01.03.2022
1 318

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Namanganda 3 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Namanganda 3 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2022 yilda koʻplab yirik musobaqalar va tadbirlar oʻtkazilishi, jamoalarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu borada toʻliq ma'lumot berish, yangi mavsumdagi rejalar bilan tanishtirish, terma jamoalarimiz faoliyatini sarhisob qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda terma jamoalar boʻlimi boshligʻi Usmon Toshev oʻz taqdimotida Oʻzbekiston MTJ rejasini taqdim etdi. Unga koʻra Srechko Katanets shogirdlari mart oyida Namanganda 3 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralashiga qadar 21-29 mart kunlari Uganda, Qirgʻiziston va Tojikiston terma jamoasi bilan bellashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport