Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘li ishi bo‘yicha qaror chiqardi.
O‘zbekiston futbolchilari uyushmasining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasiga yuborgan xatiga muvofiq futbolchi – G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘lining haqiqiy shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyasi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqilgan.
Qo‘mita yig‘ilishida futbolchi G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘lining vakili sifatida O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi raisi K.Murzoyev futbolchi haqiqatda ham bundan bir necha yillar avval, ayrim o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli o‘zining ma’lumotlarini, aniqrog‘i pasportdagi ismi va familiyasini ukasi – G‘ofurov Husniddin Xusanboy o‘g‘li nomiga rasmiylashtirgani va aynan ushbu ism va familiya ostida faoliyatini davom ettirganini ta’kidlab o‘tdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat Buvayda tuman sudining 2020 yil 3 mart kunidagi hukmiga ko‘ra G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘lini ukasi G‘ofurov Husniddin Xusanboy o‘g‘li bilan bir-birlarining shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyalarini almashtirgan holda rasmiylashtirilgan fuqarolik pasportlari belgilangan tartibda yo‘q qilinib, ularning haqiqiy shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyalari bo‘yicha fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilishi ta’minlangan.
Qo‘mita ushbu vaziyatni o‘rganish davomida, futbolchi haqiqatda ham bunga o‘zi istamagan holda o‘sha vaqt faoliyatini boshlagan murabbiylari va ota-onasi qistovi bilan rozilik bergan degan xulosaga keldi.
Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi futbolchini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli hujjatlarini ukasining shaxsiy ma’lumotlari asosida rasmiylashtirgani, bu vaziyatdan chiqish uchun yordam so‘rab murojaat qilayotgani, uning futboldagi iqtidor va qobiliyatini inobatga olgan holda uning o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlari asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berishni hamda G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘liga jarima intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasiga havola etishni lozim topdi.
Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘liga uning haqiqiy shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyasi asosida rasmiylashtirilgan fuqarolik pasporti bo‘yicha imzolangan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazilishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shuningdek, mazkur qaror nusxasi G‘ofurov Anvarjon Husanboy o‘g‘liga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etilishi belgilandi.
O‘FA matbuot xizmati
Neftchi1, Futbolchi1, Yoshini kichraytirish1, O‘FA1, Tartib-intizom qo‘mitasi1, Jazo chorasini qo‘llash1 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...