
Oʻzbekiston Superligasining 1-turidan oʻrin olgan "Olimpik" - "Surxon" (0:0) uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
"Hammani mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Jamoalarga omad tilayman. Qiziqarli va kurashlarga boy oʻyin boʻldi. Birinchi tur boʻlgani uchun qayerdadir hayajon sezildi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Superliganing havosi boshqa. "Surxon" kuchga tayanib oʻynadi. Uzatmalar bilan oʻynadi. Ikkinchi boʻlimda yaxshi harakat qildik. Xatolardan toʻgʻri xulosa chiqaramiz", - deydi Timur Kapadze.
- Jamoa mavsum oldidan legioner olmadi. Buni sizning shaxsiy qaroringizmi?
- Bizga legionerning keragi yoʻq. Maqsadimiz bunday oʻyinlar orqali tajriba olish. Osiyo chempionati turibdi, Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritishimiz kerak. Oʻzimizning yigitlar legionerlardan ham yaxshi harakat qiladi.
- Bir bosh baland raqiblar bilan oʻyinlarda futbolchilarga qanday motivatsiya berasiz?
- Ruhiy holat muhim ahamiyat kasb etadi. "Surxon"ni ham nimalarga qodirligini bilmas edik. Hayajon toʻsqinlik qildi. Oʻyindan oʻyinga kuchli boʻlib boramiz. Yigitlar bosimdan oʻtib olishdi.
Jismoniy holatimiz optimal emasdir. Ikkinchi boʻlim oxirida charchoq sezilgan boʻlishi mumkin. Biz har tomonlama yaxshi edik. "Surxon" murabbiyi jismoniy tomondan munosib tayyorlaganligi koʻrindi. Ispaniyalik murabbiy koʻproq kombinatsiya orqali oʻynaydi, deb oʻylagandik. Xatolar orqali oʻzimizga ishonch ortadi. Yigitlar bundan ham yaxshiroq oʻynay oladi. Superligada oson jamoalar yoʻq. Ularga qarshi bahslarda foydali narsa olamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar