20:57 / 03.03.2022
1 700

Roʻziqul Berdiev "Navbahor"ga qarshi durang haqida nimalar dedi?

Рўзиқул Бердиев "Навбаҳор"га қарши дуранг ҳақида нималар деди?
Superliganing 1-turidan oʻrin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:0) bahsidan keyin mehmonlar ustozi Roʻziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.
"Bugungi oʻyinda birinchi navbatda, bosimni engishimiz kerak edi, chunki Namanganda muxlislar tomonidan bosim juda katta boʻladi. Bundan tashqari, Superkubok bahsida yutqazdik, shu bois yigitlarni koʻproq ruhan tayyorlashga urindik.

Bugun ikkala jamoa ham yaqqol golli vaziyat yarata olmadi, faqat uzoqdan zarbalar boʻldi, xolos. Shu bois ikkala jamoa bugungi natijadan qoniqqan boʻlsa kerak.

"Navbahor"ga qarshi oʻylagan strategiyamiz bizga qoʻl keldi. Biz uch nafar yaqqol himoyachi bilan oʻynadik. Rejamiz "Navbahor"ga noqulaylik tugʻdirdi, bu maydonda ochko olish oson emas. Natijadan qoniqdik deya olaman.

Oʻyinimizni tashkil qilishda muammolar yoʻq, ammo vaziyatlar yaratadigan va gol uradigan futbolchi boʻyicha qiynalyapmiz. Bizning asosiy taktikamiz 4-3-3, bu taktikada Bozorov, Nurulloev oʻynaydi. Ammo Superkubokda shu taktikada oʻynadik va oʻyinimiz u qadar yaxshi chiqmadi. Shu bois bugun taktikani oʻzgartirdik, Turkiyada "Navbahor" vakillari barcha oʻyinimizga borishdi va obdon oʻrganishdi. Taktikani oʻzgartirganimiz "Navbahor"ga qiyinchilik tugʻdirdi.

Sharof Muhitdinov betob boʻlib qolgani bois qaydnomaga kiritilmadi.

"Navbahor" juda katta ishlarni amalga oshirmoqda, maqsadlari ham yuqori. Tarkibga 10 dan ziyod yangi futbolchi qoʻshib oldi, bu oʻyinchilarni bir jamoaga aylantirish uchun biroz vaqt kerak.

"Navbahor" oʻyinini shakllantirib olsa, OChL va sovrinli oʻrinlar uchun kurashadigan asosiy jamoalardan biri boʻladi", – dedi Roʻziqul Berdiev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport