23:59 / 06.03.2022
1 298

APL. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi

APL. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi
APL 28-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mezbonlar 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

"Shaharliklar" safida De Bryuyne hamda Mahrez dubl muallifiga aylandi. Mankunialiklardan Sancho gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ochkolari sonini 69 taga yetkazib olgan Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 47 ochkosi bor "qizil iblislar" 5-pog‘onadan joy olgan.

"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 4:1
Gollar:
Kevin De Bryuyne 5', Djeydon Sancho 22', Kevin De Bryuyne 28', Riyad Marez 69', Riyad Marez 90+2'
"Manchester Siti": 31. Ederson Morayes, 2. Kayl Uoker, 5. Djon Stounz, 14. Emerik Lyaport, 27. Juan Kanselu, 17. Kevin De Bryuyne (8. Ilkay Gyundogan 80'), 16. Rodrigo Ernandes, 10. Djek Grilish, 20. Bernardu Silva, 47. Fil Foden, 26. Riyad Marez.
Zaxira: 33. Skott Karson, 7. Raxim Sterling, 9. Gabriel Jezus, 11. Aleksandr Zinchenko, 25. Fernandino, 79. Lyuk Mbete-Tabu, 87. James McAtee, 48. Liam Delap.
"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 29. Aaron Uan-Bissaka, 2. Viktor Lindelef, 5 Xarri Maguayr, 27. Aleks Telles, 18. Brunu Fernandesh, 39. Skott Maktominey, 17. Fred, 25. Djeydon Sancho, 6. Pol Pogba (10. Markus Reshford 64'), 36. Entoni Elanga (14. Djessi Lingard 64').
Zaxira: 26. Din Xenderson, 3. Erik Bayi, 20. Diogu Dalo, 4. Fil Djons, 8. Xuan Mata, 31. Nemanya Matich, 46. Xannibal Mejbri.
Ogohlantirish: Xarri Maguayr 63'

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi