10:19 / 09.03.2022
1 351

Chempionlar ligasi 1/8 finali. "Bavariya" "Zalsburg"ni sochib tashladi (+18)

Chempionlar ligasi 1/8 finali. "Bavariya" "Zalsburg"ni sochib tashladi (+18)
Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Zalsburg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 7:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Myunxenliklar safida Levandovski xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Myuller dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Gnabri hamda Sane ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Avstriya klubi safida Kergor yagona golga mualliflik qildi.


«Bavariya» Germaniya – «Zalsburg» Avstriya 7:1
Gollar:
1:0 – 12 Levandovski (penalti), 2:0 – 21 Levandovski (penalti), 3:0 – 23 Levandovski, 4:0 – 31 Gnabri, 5:0 – 54 Myuller, 5:1 – 70 Kergor, 6:1 – 83 Myuller, 7:1 – 85 Sane.
«Bavariya»: Noyer, Zyule (Nyanzu, 66), Ernandes (Upamekano, 60), Pavar, Gnabri (Sarr, 46), Kimmix, Musiala (Roka, 66), Myuller, Levandovski, Koman (Shupo-Moting, 66), Sane.
«Zalsburg»: Ken, Kristensen, Veber, Sole (Piontkovski, 46), Ulmer, Kamara (Tijani, 67), Zayvald (Suchich, 46), Kapaldo, Aaronson, Adamu (Kergor, 61), Adeyemi (Sheshko, 62).

12, 21 va 23-daqiqalarda gol urgan polshalik hujumchi Yevropa chempionlar ligasi tarixida eng tezkor xet-trik qilgan futbolchiga aylandi.
Shu tariqa, Nagelsmann shogirdlari YECHL chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi 1/8 finali. "Bavariya" "Zalsburg"ni sochib tashladi (+18)