Luisma Ernandes: "Yigitlar so‘nggi daqiqalarda xursand qilishdi"

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida qatnashdi.
"Juda ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu mavsum safardagi ilk bahsda yigitlar oxirgi daqiqalarda xarakter namoyish etishdi va juda xursand qilishdi", - dedi Luisma Ernandes.
- "Nasaf" haqida nima deya olasiz?
- O‘zbekistondagi eng yaxshi jamoalardan biri deb bilaman. O‘z o‘yin uslubi bilan boshqalardan ajralib turadi.
- O‘yindan oldin qanday natija kutgandingiz?
- Albatta, qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Ikkala jamoa o‘z ishini professional darajada bajardi.
- O‘yin davomida jamoa sardorini almashtirdingiz. Buning sababi nimada?
- Fozil Musayev ajoyib futbolchi, faqat o‘yin davomidagi taktik o‘zgarishni amalga oshirdik.
- "Metallurg" o‘yin davomida tartibli himoyalandi, faqat gol o‘tkazib yuborgach hujumga o‘tdi va gol urishni uddaladi. Nima uchun bugun himoyaviy taktika tanlandi?
- Chunki qaysi jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilgandik. Raqib kuchli bo‘lgani uchun himoyaga urg‘uni qaratdik. Urgan golimiz taktik jihatdan ajoyib bo‘ldi.
- Uchrashuvga 7 daqiqa qo‘shib berilganiga munosabatingiz qanday?
- Men 5-6 daqiqa qo‘shib beradi deb o‘ylagandim, o‘yin davomida juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi.
- "Nasaf"ning OCHLdagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- O‘zbekiston futbolini dunyoga tanitishda "Nasaf"ga omad tilayman.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Juda ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu mavsum safardagi ilk bahsda yigitlar oxirgi daqiqalarda xarakter namoyish etishdi va juda xursand qilishdi", - dedi Luisma Ernandes.
- "Nasaf" haqida nima deya olasiz?
- O‘zbekistondagi eng yaxshi jamoalardan biri deb bilaman. O‘z o‘yin uslubi bilan boshqalardan ajralib turadi.
- O‘yindan oldin qanday natija kutgandingiz?
- Albatta, qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Ikkala jamoa o‘z ishini professional darajada bajardi.
- O‘yin davomida jamoa sardorini almashtirdingiz. Buning sababi nimada?
- Fozil Musayev ajoyib futbolchi, faqat o‘yin davomidagi taktik o‘zgarishni amalga oshirdik.
- "Metallurg" o‘yin davomida tartibli himoyalandi, faqat gol o‘tkazib yuborgach hujumga o‘tdi va gol urishni uddaladi. Nima uchun bugun himoyaviy taktika tanlandi?
- Chunki qaysi jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilgandik. Raqib kuchli bo‘lgani uchun himoyaga urg‘uni qaratdik. Urgan golimiz taktik jihatdan ajoyib bo‘ldi.
- Uchrashuvga 7 daqiqa qo‘shib berilganiga munosabatingiz qanday?
- Men 5-6 daqiqa qo‘shib beradi deb o‘ylagandim, o‘yin davomida juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi.
- "Nasaf"ning OCHLdagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- O‘zbekiston futbolini dunyoga tanitishda "Nasaf"ga omad tilayman.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…