Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin mezmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- O‘yin ancha asabiy tarzda kechdi. "Metallurg" ko‘proq himoyaga e’tibor qaratib o‘ynashini bilardik. Ular qarshi hujumlar va standart vaziyatlarga tayanib o‘ynashdi.
Oxirgi pallada diqqat-e’tiborimizni yo‘qotdik va bu uchun jazolandik. Birinchi taymga nisbatan ikkinchi taymda ko‘proq vaziyatlar yaratdik.
Vaziyatlardan faqat bittasini golga aylantirdik. O‘ylaymanki, raqibdan yaxshiroq to‘p tepdik, ammo natija biz va muxlislar kutgandek bo‘lmadi. G‘alabani qo‘ldan boy bergan bo‘lsak-da, yigitlarga hech qanday e’tiroz yo‘q. Ular borini berib o‘ynashdi.
- Mehmon jamoa ustozi xorijlik. Uning o‘yin uslubiga qanday baho berasiz?
- Hech qanday uslub ko‘rmadim. Jamoa himoyalandi va uzun paslar bilan o‘ynadi. "Metallurg" AGMK bilan bellashuvda ham himoyaga tayanib, qarshi hujumda o‘ynagandi. Lekin bu – futbol, balki bu u tanlagan va yoqtirgan uslubdir. "Metallurg" futbolchilari ko‘p vaziyatlarda maydonga yotib olishdi, bu esa muxlislarimizga yoqmadi. Albatta, ularning tanlagan va qo‘llagan taktikasi shu edi, bu ularga qo‘l keldi.
- O‘tkazib yuborilgan golda raqib futbolchisi (Abror Toshqo‘ziyev – tahr.) yolg‘iz qoldirildi. Bu himoyachilarning aybimidi?
- Umumiy qilib olsak, ko‘pchilikning xatosi bo‘ldi. E’tiborni yo‘qotmaslik kerak edi. "Metallurg" kombinatsion standart vaziyatlarga urg‘u berishini bilardik. O‘sha vaziyatda yosh o‘yinchimiz Akramov diqqat-e’tiborni yo‘qotib, xato qildi. Gol bo‘lgan vaziyatda Umid Ergashevni xatosi bormidi deb o‘ylagandim, ammo keyin bilsam, to‘p Husniddin Aliqulovga tegib, rikoshet orqali darvozaga kirib ketgan ekan.
- G‘olib G‘aybullayev qaydnomadan joy olmadi...
- G‘olib "Navbahor" bilan bahsda kichik jarohat olgandi. Shu bois u qaydnomaga kiritilmadi.
- Oldinda "Nasaf"ni OCHL pley-offi doirasidagi "Baniyas"ga qarshi muhim o‘yin kutmoqda. Jamoa oxirgi 3 o‘yinda g‘alaba qozona olmagani futbolchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?
- Albatta, bu borada ishlaymiz. Natijalar ta’sir qiladi, albatta. Biroq bu kabi holatlarga oldin ham duch kelganmiz. O‘ylaymanki, yigitlarni ruhiy holatini yaxshilaymiz.
- Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, "Nasaf"ga O‘zbekiston Kubogi mukofot puli va dekabr oyi maoshi berilmagani aytilmoqda. Bu qanchalik asosli?
- Bu narsa rost. Yo‘q desam noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu qarzdorliklar ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Rahbariyat tez orada bu masalani yechadi.
Ro‘ziqul Berdiyev1, Nasaf1, Metallurg1, Superliga1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi