Rangnik “Manchester Yunayted”ni Tuxelga topshiradi

Rangnik “Manchester Yunayted”ni Tuxelga topshiradi
Chelsi” atrofida yuzaga kelgan vaziyat “Manchester Yunayted” foydasiga ishlashi mumkinligi aytilmoqda.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, manchesterliklar “aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxelni o‘zlariga og‘dirib olishni rejalashtirmoqda.

“Manchester Yunayted”ni mavsum oxirigacha boshqarishi belgilangan Ralf Rangnik ham boshqaruvni o‘z hamyurtiga topshirish variantini ma’qullagani xabar qilindi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi”dagi vaziyat barqarorlashmasa va klub xo‘jayini Roman Abramovichga qo‘llanilayotgan sanksiyalar yumshatilmasa, Tomas Tuxel ham ish joyini o‘zgartirishga qarshi bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel qo‘l ostida “Chelsi” Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar