07:27 / 13.03.2022
1 304

Xavi “Barsa”ga yozda olinadigan superhujumchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Xavi “Barsa”ga yozda olinadigan superhujumchilar ro‘yxatini e’lon qildi
“Barselona”ni avvalgi holatiga qaytarayotgan bosh murabbiy Xavi Ernandes hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda.

Birinchi raqamli nishon – Erling Xolandni olish uchun kataloniyaliklar eng kamida 250 million yevro sarflashi kerak bo‘ladi. Shu bois, moliyaviy inqirozdagi klub rahbariyati boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Xususan, yozda Xoland o‘rniga olib kelinishi kutilayotgan hujumchilar ro‘yxati ham tuzib chiqildi. Klub agar norvegiyalik hujumchining transferi o‘xshamasa, birinchi bo‘lib “Bayer” to‘purari Patrik Shikni qo‘lga kiritmoqchi. Chexiyalik hujumchi joriy mavsumda Bundesligada 20 ta to‘p kiritib, Xolanddan to‘rtta golga o‘zib ketgan.

Shuningdek, “Barsa” ro‘yxatida “Benfika”da ko‘p gol urayotgan Darvin Nunes va “Leypsig”da o‘yini ochilgan Andre Silva ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi “Barsa”ga yozda olinadigan superhujumchilar ro‘yxatini e’lon qildi