
"Roma" bugun A Seriyadagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi. "la gazzetta dello sport" nashri tur oldidan mulohaza yuritdi. Jumladan, "Roma" borasida ham.
"Bo‘rilar" bugun "Udineze" maydoniga safar qiladi. Oxirgi paytlarda rimliklar uchun bellashuvlar oson kechmayapti. Bu galgisi ham mustasno bo‘lmasligining ehtimoli bor.
Joze Mourino jamoaga kelganidan beri ko‘plab taktikalarni sinovdan o‘tkazdi. Hozir murabbiy bir qarorga kelgan ko‘rinadi. Portugaliyalik mutaxassis 3 ta himoyachi bilan o‘ynashga o‘tgan. Jamoa himoyalanayotganda 5 taga aylanadi. Oldingi chiziqda Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo harakat qiladi. Hujumchilar ortida Lorenso Pellegrini yordamga shay. Qolgan futbolchilar zaxiradan maydonga tushadi.
O‘zbekistondan kelgan Eldor Shomurodov oxirgi paytlarda zaxiraga mixlanib qoldi. U ham katta jamoadagi bunday vaziyatga o‘rganib qolmoqda. Mourino Eldorga imkoniyat bermay qo‘ydi. Murabbiy ham shu taktika va o‘zgarishlarga ko‘nikdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar