09:13 / 14.03.2022
2 845

Shomurodov penaltiga sababchi, lekin... Eldorning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov penaltiga sababchi, lekin... Eldorning o‘yini qanday baholandi?
“Roma” A Seriyaning 29-turida g‘alaba qozonib, asosiy raqobatchisi “Atalanta”dan o‘zib ketishi kutilgandi. Chunki bergamoliklar o‘z o‘yida “Jenoa” bilan durang o‘ynab qimmatli ochkolarni boy berdi.

Biroq, “Udineze” maydonida bo‘lgan o‘yinda Joze Mourino shogirdlari so‘nggi daqiqalarda Eldor Shomurodov sabab ishlashgan penalti tufayligina alamli mag‘lubiyatdan qutilib qoldi – 1:1.

Italiya futbolini yoritib kelayotgan calciomercato.com nashri mutaxassislar ushbu bahsda ishtirok etgan rimlik futbolchilarning o‘yiniga baho berdi.

Ruy Patrisio, 7 ball:
Portugaliyalik posbonning “Roma”ni ochko qo‘lga kiritishida xizmati katta bo‘ldi. Ishonchli o‘ynagan Ruy Patrisio har ikki bo‘limda ham chiroyli seyvlar namoyish qilib, mahorat ko‘rsata oldi.

Janluka Manchini, 6 ball:
“Roma” himoyasining yetakchisi hozir yaxshi formada emas. Shunga qaramay, ancha yaxshi harakat qildi.

Kris Smolling, 6,5 ball:
Katta tajribaga ega bo‘lgan angliyalik himoyachi juda faol o‘ynadi. Smolling havodagi kurashlarda biror marta raqibga imkon qoldirmadi.

Rojer Ibanes, 5,5 ball:
“Udineze” futbolchilarini to‘xtatishni har doim ham uddalay olmadi. Ancha qiynalishiga to‘hri keldi.

Rik Karsdorp, 6 ball:
Nisbatan yaxshi o‘ynadi va 73-daqiqada o‘z o‘rnini Jordan Veretuga bo‘shatib berdi.

Serjiu Oliveyra, 5,5 ball:
Birinchi bo‘limda raqib darvozasi tomon bir marta xavfli zarba yo‘lladi. O‘rtani ushlab turishga harakat qildi. Uning o‘yini Mourinoni qoniqtirmadi.

Stefan El-Shaaravi, 5,5 ball:
Ikkinchi bo‘limda Serjiu Oliveyraning o‘rniga tushgan hujumkor futbolchi “ROma” o‘yinini o‘zgartira olmadi. Harakatlarida qat’iyat yetishmadi.

Brayan Kristante, 5,5 ball:
Asosiy vaqtini “Udineze”ning yarim himoyachilari bilan kurashga qaratdi.

Nikola Zalevski, 5 ball:
Ishonchli oqlay olmadi. Deulofeu, Pereyra va Molinaga hech qanday qarshilik ko‘rmata olmadi. Ancha qiynaldi.

Feliks Afena-Gyan, 6 ball:
65-daqiqada Zalveski o‘rniga maydonga tushib, aniq zarba berishga harakat qildi. Faol ko‘rindi.

Lorenso Pellegrini, 6 ball:
Muhim vaziyatda penaltidan to‘p kiritdi. Avvalgi darajasiga ko‘tarila olgani yo‘q.

Nikolo Dzanolo, 5,5 ball:
Jismoniy jihatdan “Udineze” himoyachilari bilan raqobatlasha olmadi. Ancha harakat qilganiga qaramay, maqsadiga yetisha olmadi.

Temmi Abraxam, 5 ball:
Raqib himoyachisi Pablo Mari angliyalik yulduzga o‘yin bermadi. To‘pga juda kam tegindi. 65-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov penaltiga sababchi, lekin... Eldorning o‘yini qanday baholandi?