
Qarshining "Nasaf" klubi pley-off o‘yinida BAAning "Baniyas" klubidan 2:0 hisobida ustun kelib, OCHL guruh bosqichiga yo‘l oldi. Uchrashuvdan keyin "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida fikrlaringiz...
- Bizda chempionat endigina start olganiga qaramasdan, ushbu o‘yinga juda uzoq tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqibni yaxshi o‘rganganimizni maydonda ko‘rsata oldik. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Kuchli raqibni o‘z maydonida mag‘lub etishning uddasidan chiqdik. Bundan xursandmiz. Barcha muxlislarimizni tabriklaymiz!
- Bugungi g‘alaba omad klub boqqani tufayli qo‘lga kiritildi deb o‘ylaysizmi?
- Buni omadga bog‘lamagan bo‘lardim. Bugun biz himoyada yaxshi harakat qildik. Talaygina vaziyatlar hosil qildik. Maydonda raqibdan ancha tartibli va kuchliroq ko‘rindik.
Nasaf KlubiOCHL GuruhRo‘ziqul BerdiyevO‘yin FikrlarBAA BaniyasKuchli Raqib O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar