11:24 / 16.03.2022
1 798

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Ukrainadagi urush yigirma kundan beri davom etmoqda. 15 mart kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Kiyevga zarbalar berdi — snaryadlar Podolskiy va Svyatoshinskiy tumanlaridagi bir nechta turar joy binolariga tushdi. Shahar ma’muriyati uch kishi halok bo‘lgani va 30 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Mariupoldagi vaziyat hamon halokatli: shahar merining maslahatchisi Petr Andryushenkoga ko‘ra, qurbonlar soni 20 mingga yaqin bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga 15 mart kuni shahardan gumanitar yo‘lak orqali 20 ming kishi evakuatsiya qilingan. Meduza kunning asosiy fotosuratlarini taqdim qildi.

Kiyev osmonida Rossiya dronini urib tushirmoqchi bo‘lgan Ukraina havo mudofaasi o‘qlarining izlari.
Foto: Reuters


Kiyevning Podolskiy tumanidagi to‘qqiz qavatli turar joy binosiga snaryad kelib tushdi.
Foto: AFP


Kiyevda snaryaddan vayron bo‘lgan turar joy binosi yonida o‘t o‘chirish xodimi ayolni tinchlantirmoqa. Ukraina matbuotiga ko‘ra, Rossiya harbiylari Kiyevning Podolskiy va Svyatoshinskiy tumanlaridagi uchta ko‘p qavatli uyga hujum qilgan. Uch kishi halok bo‘lgan.
Foto: AFP


Bu Volodya — Kiyevdagi uyiga hujum qilinganda u qochishga muvaffaq bo‘ldi.
Foto: Reuters


Kiyevdagi «Lukyanovskaya» metro bekati yaqiniga raketa hujumlaridan so‘ng ko‘ngillilar vayronalarni tozalashda yordam bermoqda.
Foto: LA Times


Nikolayev tug‘uruqxonasining podvalida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘i bilan.
Foto: AFP


Ota-onalari tashlab ketgan chaqaloqlar. 3-sonli kasalxona. Mariupol
Foto: AP Photo


Ukraina harbiylari va ko‘ngillilar Mariupoldagi 3-sonli kasalxona o‘qqa tutilgan paytda yaradorlarga yordam bermoqda.
Foto: AP Photo


Nikolayevda yarador ukrainalik askarni quyoshdan himoya qilish uchun derazaga parda tutayotgan kasalxona xodimi.
Foto: Reuters


Lvovdagi cherkovda ukrainalik askarlarning dafn marosimini o‘tkazayotgan kursantlar.
Foto: AP Photo


Ukrainadagi urush1, Urushning yigirmanchi kuni1, Rossiya qo‘shinlari1, Gumanitar yo‘lak1 Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda