23:37 / 16.03.2022
1 226

Temur Kapadze: "Olimpik" g‘alabaga loyiq edi. Biz ikki ochko yo‘qotdik"

Temur Kapadze: "Olimpik" g‘alabaga loyiq edi. Biz ikki ochko yo‘qotdik"
Superliganing uchinchi turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Olimpik” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin qiziqarli bo‘ldi deb o‘ylayman. "Paxtakor" bilan durang o‘ynash bizning yigitlar uchun g‘alabaga teng natija. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Shogirdlarimning yoshligi ba’zi vaziyatlarda pand berdi, ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Lekin bu o‘sishga xizmat qiladi. Kelgusi safar shunday vaziyatlarda yaxshiroq harakat qilishadi. Umuman olganda, o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibni ham o‘rgandik. Yomg‘ir tufayli mashg‘ulot o‘tkazishda biroz qiyinchilikka duch keldik. Menimcha, o‘yin ko‘ngildagidek o‘tdi.

— Jamoa "Paxtakor" hujumlarini ancha oldinda kutib oldi. Bu raqib uchun tayyorlangan kombinatsiya edimi?
— Biz "Paxtakor" o‘yinchilarini yaxshi bilamiz, barchasi kuchli futbolchilar. Agar ularga qarshi pressing uyushtirmasak, bundan unumli foydalanishardi. Shu bois bu borada puxta tayyorlandik. Amalda bu reja o‘zini oqladi. Keyinchalik "Paxtakor" uzatmalar amalga oshirishni boshladi. Qarama-qarshi masofadagi uzatmalar bizga murakkablik tug‘dirdi. "Paxtakor"ning hozirgi o‘yin uslubi o‘zgargan. Ularning so‘nggi ikki-uch o‘yinini ko‘rdim, uslub o‘zgacha, uzatmalar soni ko‘paygan. Avval nazorat, kombinatsiyalar orqali o‘yin tashkillashtirilgan bo‘lsa, hozirda yangi murabbiyning talablari farq qiladi.

— O‘yin davomida qanot hakamiga o‘z e’tirozlaringizni bildirdingiz. Qanday masala yuzasidan shikoyat qildingiz?
— Birinchi navbatda, kichik qoidabuzarliklar yuzasidan e’tirozim bor edi. Balki hakamning qarori to‘g‘ridir, bu vaziyatlarni takror ko‘rgach, xulosaga kelish mumkin. Bu o‘yin davomida hissiyotlarga berilish, bu tabiiy hol. Hakam qancha kam xato qilsa, uning shu darajada kuchli ekanlligini anglatadi. Menimcha, ularda ham o‘sish bor.

— "Olimpik" jamoasi ba’zi vaziyatlarda keraksiz qo‘polliklar ishlatishdi...
— Maydonda kurash ketayotganda bunday holatlar bo‘lishi mumkin. Lekin atayin maydonga shu niyatda chiqqan deb o‘ylamayman. To‘p uchun kurashda bunday holatlar bo‘lishi tabiiy.

— Bugun "Olimpik" ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochko ishladimi?
— Mening nazarimda, ikki ochko yo‘qotdik. Balki durang natija adolatlidir, bizda yaxshi imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Ulardan foydalanishda esa oqsayapmiz. Bu boshqa o‘yinlarda ham sezilyapti. Tajribali o‘yinchilarimiz bo‘lganda, bunday imkoniyatlardan foydalanishardi. Biroq yoshlardan hamma vaziyatni golga aylantirishlaring kerak deya talab qilolmayman. Shu kabi o‘yinlar orqali ular tajriba orttiradi. O‘yin jihatdan oladigan bo‘lsak, g‘alabaga loyiq edik.

— "Olimpik" futbolchisiga ko‘rsatilgan qizil kartochka haqida fikr bildirsangiz...
— Bizga ham shunday tuyuldi. VARda ko‘rishdi vaziyatni. Bizning futbolchi yelka bilan o‘ynagani sababli Turg‘unboyev muvozanatni yo‘qotdi. Futbolda qandaydir qonunlar bor, shu bois shogirdim qizil kartochka bilan jazolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze: "Olimpik" g‘alabaga loyiq edi. Biz ikki ochko yo‘qotdik"