20:48 / 17.03.2022
1 336

Iskanderovning benefisiga aylangan o‘yinda "Navbahor" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

Iskanderovning benefisiga aylangan o‘yinda "Navbahor" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Grigalashvili jamoasining ajoyib kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. Ikkinchi taymda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Marushich hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Har ikki golga Jamshid Iskanderov assist muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alaba natijasida ochkolari sonini 7 taga yetkazib olgan "lochinlar" 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Shunqorlar" hisobida 3 ochko bor.

"Navbahor" – "Qo‘qon-1912" 2:0
Gol:
45 - Elguja Grigalashvili (Jamshid Iskanderov), (1:0),81 - Zoran Marushich (Jamshid Iskanderov), (2:0)

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 6.Rustam Ashurmatov, 7.Azim Ahmedov, 10.Jamshid Iskanderov (17.Ehsoni Panshanbe,89), 19.Nurillo To‘xtasinov (14.Jamshid Boltaboyev, 60), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreyev (4.Boyan Siger, 74), 30.Elguja Grigalashvili (77.Asadbek Sobirjonov, 74), 32.Zoran Marushich (11.Islom Kenjaboyev, 88).
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 2.Yegor Krimes, 9.Ibrohim G‘anixonov, 64.Muzaffar Mo‘minov.

"Qo‘qon-1912": 1.Muzaffar Abdullayev, 10.Javohir Sidiqov, 11.Mo‘min Meliyev (18.Shaxzod Nurmatov, 46), 13. Sardor Azimov ( 8.San’at Shixov, 61), 14.Avazxon Mamatxo‘jayev (6. Dilshod Raxmatullayev, 77), 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro‘ziyev, 23.Aleksandr Merzlyakov (27. Anvar Xojimirzayev, 77), 33.Ivan Yosovich, 70. Bilolxon Toshmirzayev (7. Jamshid Hasanov, 46), 77.Murod Xolmuxamedov.
Zaxira: 12. Islom Abdullayev, 21. Nodir Ashurmatov, 4. Ilhom Vahobov, 5. Slavko Lukich.

Ogohlantirish: 27 - Stanislav Andreyev, 37 - Mo‘minjon Meliyev, 81 - Zoran Marushich, 83 -Shaxzod Nurmatov, 90 - Javohir Sidiqov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iskanderovning benefisiga aylangan o‘yinda "Navbahor" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi