
Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al Feyxa" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Jaloliddin 74-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bellashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda hamyurtimiz zaxirga olindi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" ushbu g‘alabadan keiyn ochkolar sonini 48 taga yetkazib, vaqtincha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar