Professional boksning ogʻir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (9-0, 9 KO) 18 mart, juma kuni Dubaydagi jang kechasida ringga koʻtariladi. Probellum Dubai musobaqasida oʻzbekistonlik bokschiga polshalik Kamil Sokolovski (11-24-2, 4 KO) raqiblik qiladi. Bokschilar jangdan oldin tarozidan oʻtdi. Jalolov 116 kg tosh bosgan boʻlsa, Sokolovski esa 109 kg chiqdi. Jang Toshkent vaqti bilan 20:00 dan keyin boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Jang videosini bu erda tomosha qilish mumkin — havola . Jalolov professional boksdagi bundan avvalgi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga qarshi oʻtkazib, birinchi raunddayoq nokaut bilan gʻalaba qozongandi. Kamil Sokolovskining soʻnggi jangi 2022 yil 5 fevral kuni shvetsiyalik Otto Vallinga qarshi boʻlib oʻtgan. Polshalik bokschi raqibiga imkoniyatni boy bergan. Bahodir Jalolov,
Izohlar 0
…