date
views 1 464

Aleksandr Krestinin: Kuchimiz yetmadi

Aleksandr Krestinin: Kuchimiz yetmadi
"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

"O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi taymda o‘yinimiz chiqmadi, ikki xil taym guvohiga aylandik", - dedi Aleksandr Krestinin.

- Bugun ikkinchi taymda shogirdlaringiz jismoniy tomonlama biroz erkinlikka berilishdi...
- To‘g‘ri aytdingiz, ammo ular erkinlikka berilishmadi, shunchaki kuchlari yetmay qoldi.

- 29 mart kuni Tojikistonga qarshi o‘ynaysizlar. Iyun oyida ham Osiyo Kubogi saralashida ham Tojikiston bilan bir guruhdasizlar. Shundan kelib chiqib ularga qarshi qandaydir yopiq o‘yin bo‘ladimi yoki qandaydir sirlarni yashirasizmi?
- Yo‘q. Iyun oyida kimlar maydonga tushishini bilasizmi? Men bilmayman, futbolchilarning holati turlicha bo‘ladi. To‘g‘ri raqib bitta, ammo rasmiy o‘yingacha 2,5 oy vaqt bor.

- Finalda Uganda va O‘zbekiston to‘qnash keladi. Kimning imkoniyatni yuqoriroq baholaysiz?
- Finalga munosiblar chiqadi. O‘zbekiston terma jamoasini o‘rganib chiqqanman, ammo Uganda haqida ma’lumotga ega emasman. Ammo finalga chiqdimi demak kuchli bo‘lsa kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: Kuchimiz yetmadi