Qozog‘istonning Almati shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Farrux Jo‘rayev (6-6-1, 2 KO) ham ishtirok etdi. Jo‘rayevga qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayev (5-0, 3 KO) raqiblik qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang 2-raundda Kunkabayevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Kunkabayevning bir qator kuchli zarbalaridan keyin hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.
Shu tariqa Kunkabayev prof boksdagi beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Qayd etish kerak, mazkur bahsda Kamshibek JAR vakili Jonni Millerga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq afrikalik bokschi jarohat olgan va shu sababli Kamshibekka boshqa raqib topilgan.
Ma’lumot uchun, Jo‘rayev so‘nggi marotaba 2021 yilning noyabr oyida ringga ko‘tarilgan. O‘shanda u qozog‘istonlik boshqa bokschi Bekzad Nurdauletovga ochkolar evaziga yutqazib qo‘ygandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi