
«Bavariya» hudumchisi Robert Levandovski faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga tayyor. Sportitalia xabariga ko‘ra, polshalik hujumchi «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishga tayyor va bu haqida «Barselona» vakillariga ma’lum qilgan.
Endi katalonlar «Bavariya» bilan kelishib olishiga to‘g‘ri keladi. Levandovskining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
33 yoshli Robert joriy mavsum «Bavariya» safida Bundesligada 27 ta o‘yin o‘tkazib, 31 gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar