18:33 / 29.03.2022
1 005

Tojikiston terma jamosi bosh murabbiyi: Bugungi g‘alaba biz uchun juda muhim edi, chunki...

Tojikiston terma jamosi bosh murabbiyi: Bugungi g‘alaba biz uchun juda muhim edi, chunki...
"Navruz Cup" xalqaro turnirining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda Tojikiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Tojikiston MTJ bosh murabbiyi Segrt Petar ishtirok etdi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Avvalambor ushbu g‘alaba bilan barcha tojikistonlik muxlislarni tabriklayman. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Qirg‘iz Respublikasi jamoasi ham bugun juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Har ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo ayrim vaziyatlarda biz nisbatan aqlliroq o‘yin ko‘rsatdik va shuning natijasida gol urdik.

Bugungi o‘yin Ugandaga qarshi bo‘lgan bahsdan ancha farq qildi. Chunki bugungi bahs juda kurashlarga boy bo‘ldi. Agar siz g‘alaba qozonishni istasangiz, ham kurashishingiz, ham futbol o‘ynashingiz kerak. Afsuski, bugungi uchrashuvda ikkala tomonda ham qizil kartochkalar biroz ko‘payib ketdi. 4 ta qizil kartochka bu juda ham ko‘p. Lekin ushbu kartochkalarning barchasi haqli ravishda ko‘rsatildi va shu sababli bu borada hakamga e’tirozimiz yo‘q. Hakamlar bugungi o‘yinni yaxshi boshqarishdi.

Garchi 9 kishi bo‘lib qolishganiga qaramay ham faol o‘yin ko‘rsatgani uchun Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi maqtovga loyiq. Iyun oyida Qirg‘iz Respublikasida yana ular bilan to‘qnash kelishimizni bilaman. Ammo bugungi g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Chunki biz jahon chempionati saralashida Qirg‘iz Respublikasiga imkoniyatni boy bergan edik
.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tojikiston terma jamosi bosh murabbiyi: Bugungi g‘alaba biz uchun juda muhim edi, chunki...