07:30 / 01.04.2022
1 673

Italiya Eron sababli jahon chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Italiya Eron sababli jahon chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Italiya terma jamoasi JCH-2022 uchun pley-off o‘yinida Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (0:1) mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.

2021 yilgi Yevropa chempioni agar Eron terma jamoasi Qatardagi turnirda ishtirok etish huquqidan mahrum etilsa, ularning o‘rnini egallashi mumkin.

Manbaning xabariga ko‘ra, bunga Eron rasmiylari 29 mart kuni JCH-2022 saralashi doirasida Livanga (2:0) qarshi o‘yin vaqtida chipta sotib olganiga qaramay, 2000 nafar ayolni stadionda to‘sib qo‘ygan voqea sabab bo‘lgan. Keyinchalik FIFA Eronni ayollarning o‘yinlarga tashrif buyurishi taqiqlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirdi.

Italiya terma jamoasi JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin, chunki ularda turnirda ishtirok etmaydiganlar koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lib turibdi.

Ma’lum qilinishicha, Eronning Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022dan chetlatilishi eng ekstremal variant hisoblanadi va bunday bo‘lishning ehtimoli past.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Turnirga qur’a tashlash marosimi 1 aprel kuni Dohada o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiya Eron sababli jahon chempionatiga yo‘l olishi mumkin