Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike JCH-2022 qur’asi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Ispanlar E guruhida Germaniya, Yaponiya va Kosta-Rika - Yangi Zelandiya o‘yini g‘olibiga qarshi o‘ynaydilar.
"Biz ushbu jahon chempionatini zabt etmoqchimiz. Bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladimi, Yevropa yoki jahon chempionati bo‘ladimi, o‘yin uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz.
Bizda aniq uslub bor va biz bilan raqobatlashish qiyin. Har qanday jamoa balki bizni mag‘lub etishi mumkin, ammo biz ham barcha raqiblarni yuta olamiz.
Ushbu qiyin qur’a yakunda balki eng osoniga aylanar. Jamoalar u yerga qanday holatda borishlarini xech kim bilmaydi. Syurprizlar ham bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi savatchada Germaniya eng kuchli raqib edi. Kuchli jamoa. Top-murabbiy kelganidan keyin ular yanada kuchayishdi. Ammo biz boshqacha kuchmiz, jahonda yettinchimiz va jahonni zabt etmoqchimiz.
Oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Biz Yaponiyani juda yaxshi bilamiz - qiyin bo‘ladi", - dedi Enrike. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi