
"Paxtakor" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 23 marta to‘qnash kelishgan.
"Cepaxan" bilan "sherlar" ikkinchi bor to‘qnash keladi. Hozirga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to‘qnash kelingan. 2010 yil Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Sepaxan" bilan bellashuvlarda jamoalar o‘z maydonida zafar quchgan. Isfaxonda 2:0, Toshkentda 2:1 natijasi qayd etilgan. "Sariq-ko‘klar"dan gollarni Artur Gevorkyan va Aleksandr Geynrix kiritgan.
Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "sherlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 23 bellashuvning 14tasida "Paxtakor" zafar quchgan. To‘rt o‘yinda durang qayd etilib, raqiblar 5 bor g‘alaba qozongan. Raqib darvozasiga 33 to‘p kiritilib, 22 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda 10 uchrashuvning barchasida "sherlar" ustun kelgan. Raqiblar darvozalariga 18 ta gol urilib, 4 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan.
Eron jamoalariga qarshi o‘yinlardagi natijalar:
"Zobaxan" - 2:0, 0:1
"Naft" - 2:1, 1:1
"Saba" - 2:1, 2:0
"Sepaxan" - 2:1, 0:2
"Traktorsozi" - 1:0, 0:2, 3:3, 0:0
"Fulad" - 2:0, 3:1
"Istiqlol" - 2:1, 2:4, 2:1
"Persepolis" - 1:0, 1:1, 1:0, 0:2
"Shahr Xodro" - 3:0, 1:0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar