
Chempionlar Ligasi 1/4 finalida “Man Siti”ga uchralgan minimal (0:1) mag‘lubiyatdan keyin “Atletiko” ustozi Diyego Simeone o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Bugungi bahs haqida
“Qoyilmaqom individual harakatlar tufayli juda yaxshi shakllangan va muvaffaqiyatga erishadigan ajoyib jamoaga qarshi juda qiyin o‘yin bo‘ldi.
O‘yinni yopib, qarshi hujumga o‘tmoqchi bo‘ldik. 1-taymda “Siti” darvozaga aniq zarba bermagan bo‘lsa-da, bundan chiqib ketolmadik. 2-bo‘limda esa ular golni topishdi”.
Javob uchrashuvi haqida
“Doimo yaxshirog‘ini o‘ylab topish lozim. Bu ikki qismdan iborat murosasiz qarama-qarshilik. “Siti”ga esa farqi yo‘q, ular odatdagidek o‘ynashadi. Ular dunyoning eng yaxshi jamoasidir, balki.
Biroq, biz kamtarlik bilan qo‘ldan kelgancha kurashamiz”, deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Madriddagi uchrashuv 13 aprelga belgilangan.
Chempionlar LigasiMan SitiDiyego SimeoneQoyilmaqom HarakatlarQarshi HujumKamtarlik Bilan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar