
FIFA uchrashuvlardagi vaqtlarni uzaytirish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, tashkilot toza o‘yin vaqtini ko‘paytirish istagida.
Buning uchun uchrashuvlardagi birinchi va ikkinchi bo‘limga qo‘shib beriladigan daqiqalarni uzaytirmoqchi. Rejaga ko‘ra, ayrim hollarda qo‘shib berilgan daqiqalardan so‘ng o‘yin vaqti 100 daqiqadan oshadi.
Yaqinda Italiyaga tashrif buyurgan FIFA prezidenti Janni Infantino bunday g‘oya ko‘rib chiqilayotganini tasdiqladi.
Bu g‘oya ilk bor Qatarda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan JCH—2022 musobaqasida sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Ammo buning uchun Xalqaro futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (IFAB) ruxsati kerak bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar