
OCHL guruh bosqichi 1-turdan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Sepaxon" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.
Unda "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski va himoyachi Aleksey Larin ishtirok etdi.

Slavche Voyneski: - Ertaga bizni muhim va ahamiyati yuqori o‘yin kutmoqda. Raqibimiz kuchli, ularni o‘rganishga urindik. Ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etib, g‘alaba qozonishga intilamiz.
Har bir jamoada musobaqa boshlanishidan avaal imkonniyatlar teng bo‘ladi. Murabbiylar o‘zlari o‘ylagan g‘oyalarni amalga oshirishga intilishadi. Yengil o‘yinlar bo‘lmaydi, chunki bu turnirda yuqori saviyali jamoalar jamlangan. Biz har bir bellashuvga e’tiborimizni qaratamiz. Jamoalar imkoniyatini bir xil baholayman.

Aleksey Larin: - Biz Chempionlar Ligasida yangi mavsumni boshlayapmiz. Eron klublari kuchli jamoalar. Biz ertaga g‘alaba uchun kurashamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar