
Ayni daqiqalarda Ruminiyada start olgan Golden Beld turnirida bir qator bokschilarimiz o‘z yurishini boshladi.
Jumladan, -57 kg vaznli Dilshod Abdumurodov ispaniyalik Antoni Fernendesni mag‘lubiyatga uchratdi;
-67 kgda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javlonbek Yo‘ldoshev ruminiyalik Andrey Mustetni muddatidan oldin taslim etdi;
-71 kgda turnirda ishtirok etayotgan, Kamronbek Turg‘unboyev afsuski irlandiyalik Valsh Aidanga imkoniyatni boy berib qo‘ydi;
+92 kgda tajribali Lazizbek Mullojonov ukrainalik Dmitro Lovchiniski ustidan zafar quchdi;
+92 kgdagi yosh iste’dodli vakilimiz Jahongir Zokirov mezbon Razvan Filipni nokautga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Turnir davom etmoqda, yana bir necha daqiqalardan so‘ng, quyidagi vakillarimiz o‘z jangini o‘tkazadi:
20:00dan so‘ng:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev - Kevin Shumann (Germaniya)
-75 kg: Saidjamshid Jaffarov - Vlad Gavrulich (Moldova)
-80 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Dmitri Kossyuk (Moldova)
-80 kg: Odiljon Aslonov - Exis Ben (Germaniya)
-86 kg: Temur Merjanov - Artyom Yordanyan (Gruziya)
Janglar Ruminiya boks federatsiyasi Youtube kanali orqali translyatsiya qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar