Foto: «Qizilqum»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi 1-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 6 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Qizilqum» «Navbahor» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Elguja Grigalashvili hisobni ochdi. 34-daqiqada Boyan Siger «Navbahor»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa «Navbahor» O‘zbekiston Kubogidagi o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi.
A guruhining ikkinchi o‘yinida «Dinamo» «Neftchi» bilan bahs yuritdi. Mehmonlar futbolchisi Abbos G‘ulomov uchrashuvning 1-daqiqasidayoq hisobni ochdi. 56-daqiqada Shahzodbek Ubaydullayev «Neftchi»ning ikkinchi golini urdi.
«Neftchi» 1-turda o‘z hisobiga ilk g‘alabani yozdirib qo‘ydi.
Foto: PFL
Bugungi uchrashuvlardan so‘ng «Navbahor» va «Neftchi» 3 ochkodan jamg‘arib, 1 va 2-o‘rinlarga joylashdi. «Dinamo» va «Qizilqum» esa 3 va4-pog‘onani band etdi.
O‘zbekiston Kubogi
1-tur bahslari
6 aprel, chorshanba
«Qizilqum» — «Navbahor» 0:2
Gollar: 0:1 — 11 Elguja Grigalashvili, 0:2 — 34 Boyan Siger.
«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldoshev, 6. Erkin Boydullayev, 7. Sanjar Shoahmedov (32. Ilhom Kenjayev, 87), 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanisavlevich (17. Salim Mustafoyev, 81), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Sherali Jo‘rayev (18. Jasur Azimov, 81), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev, 88. Artyom Dmitriyev (43. Seun Paul Komolafe, 68).
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 6. Rustam Ashurmatov, 10. Jamshid Iskanderov, 19. Nurillo To‘xtasinov, 23. Yovan Jokich (22.Igor Golban, 80), 24. Davron Hoshimov, 28. Stanislav Andreyev, 30. Elguja Grigalashvili, 33. Zoran Marushich.
Ogohlantirishlar: Yovan Jokich (22), Oleg Zoteyev (26), Artyom Dmitriyev (32), Temurxo‘ja Abduxoliqov (36), Boburbek Yo‘ldoshev (89).
«Dinamo» — «Neftchi» 0:2
Gollar: 0:1 — 1 Abbos G‘ulomov, 0:2 — Shahzodbek Ubaydullayev.
«Dinamo»: 12. Miloe Prekovich, 5. Mixaylo Yovanovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 9. To‘lqin Ergashev (Temurbek Ismoilov, 64), 10. Shohmalik Komilov (Aleksandr Glishich, 64), 11. Sahob Rashidov (Fahriddin Alimov, 64), 15. Jo‘rabek Mannonov (Islom Sharipov, 64), 17. Muzaffar Muzaffarov (Jasur Umarov, 46), 20. Jasur Jumayev, 70. Oybek Nurmatov, 88. Yevgeniy Chumak.
«Neftchi»: 45. Akbar To‘rayev, 6. Sirojiddin Qo‘ziyev, 10. Husniddin G‘ofurov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muxsin Ubaydullayev, 28. Daniel Stoykovich, 46. Shahzodbek Ubaydullayev (Oybek Qilichev, 83), 70. Abbos G‘ulomov, 77. Abrorbek Ismoilov, 80. Aleksandr Yeshich (Ulug‘bek Xoshimov, 77).
Ogohlantirishlar: Mirzohid G‘ofurov (14), Ibrohim Yo‘ldoshev (33), To‘lqin Ergashev (51). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?