
Foto: Instagram / «Shabob al-Ahli»
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining C guruhida 1-tur bahslari 7 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
BAAning «Shabob al-Ahli» jamoasi Turkmaniston chempioni «Ahal»ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Abdi Bashimov turkmanlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga «Shabob» 79-daqiqada Aziz G‘aniyevning penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi to‘liq harakat qildi.
Guruhning narigi o‘yinida «Fulad» va «Al-G‘arafa» jamoalari nursiz durangga imzo chekdi.
OCHL
1-tur bahsi
7 aprel, payshanba
«Ahal» Turmaniston — «Shabob al-Ahli» BAA 1:1
Gollar: 1:0 – 75 Bashimov, 1:1 – 79, penalti G‘aniyev.
«Fulad» Eron — «Al-G‘arafa» Qatar 0:0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar