Konferensiyalar ligasida “Roma” futbolchilari Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasi bilan uchinchi bor to‘qnash keldi. Bu safar ham Joze Mourino shogirdlari raqibdan kaltak yedi. Har tugul hisob avvalgidek dahshatli bo‘lmadi. Aslida rimliklar Lorenso Pellegrinining goli evaziga yutib turgan vaziyatda o‘yinni boy berdi – 1:2.
Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov zaxiradan bo‘lsa ham o‘yinga tushirildi. Hujumchimiz uchrashuvning 65-daqiqasidan boshlab, Genrix Mxitaryan o‘rnida to‘p tepdi.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com sayti uchrashuvda ishtirok etgan “Roma” futbolchilarini baholab chiqdi.
Ruy Patrisio, 4 ball:
Bu maydondagi birinchi uchrashuvda oltita to‘p o‘tkazgan portugaliyalik posbon o‘z aybini yuvishi kutilgandi. Aksiga olib, yana oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydi. Mag‘lubiyatning asosiy sababchilaridan bo‘ldi.
Janluka Manchini, 6 ball:
Boshida biroz qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa-da, keyinchalik yakkakurashlarda faol bo‘ldi. Jarohat olib, 69-daqiqada o‘rnini Kris Smollingga bo‘shatib berdi. Angliyalik himoyachi ham qolgan daqiqalarda Manchinidan qolishgani yo‘q va u ham olti ballga loyiq topildi.
Marash Kumbulla, 6 ball:
Kumbulla olti oy oldingi o‘yinda ham qatnashgandi. Biroq, norvegiyaliklar qarshisida umuman boshqa saviyadagi Kumbullani ko‘rdi. Ancha aniq harakatlari bilan ajralib turdi.
Rojer Ibanes, 5.5 ball:
Oktbyar oyidagi o‘yinda sharmanda bo‘lgan o‘yinchilardan biri sifatida mezbonlardan alamini olishi kerak edi. Biroq, har doim ham buni eplay olmadi.
Rik Karsdorp, 6 ball:
Bu o‘yinchi chempionatdagidek ko‘p yugurmadi. Lekin raqibni yopishda faol bo‘ldi. Vaziyat yuzaga kelishi bilan raqibga xavf solishga harakat qildi.
Serjiu Oliveyra, 5.5 ball:
Harchand urinmasin o‘z o‘yinini topa olmadi. Birinchi bo‘limda yo‘l qo‘ygan oddiy xatolarini bellashuvning ikkinchi yarmida ham takrorladi.
Brayan Kristante, 5 ball : 18 daqiqadayot ogohlantirish olgani uning harakatlarini cheklab qo‘ydi. Bu gal Kristante o‘z darajasida o‘ynay olmadi.
Nikola Zalevski, 6 ball:
Zalevski ancha faol o‘ynagan bo‘lsa-da, norvegiyaliklarning birinchi samarali hujumisha xalaqit qila olmadi. Ikkinchi bo‘limda ham raqiblar uni ancha ter to‘kishga majbur qildi.
Mattias Vina, 4 ball:
65-daqiqada Zalevski o‘rniga maydonga tushgan o‘yinchi umuman ishonchni oqlamadi. Yo‘q joydan jarima maydonchasi ishlab oldi.
Lorenso Pellegrini, 7 ball:
Rimliklar tarkibidagi eng foydali o‘yinchi. Birinchi bo‘lim oxirida Yevromaydondagi navbatdagi golini urdi. Ikkinchi bo‘limda ham raqib darvozasiga xavf soldi.
Genrix Mxitaryan, 6.5 ball:
Pleymeykerga aylanib olgan Genrix Pellegrinini bir pas bilan golli vaziyatga chiqardi.
Eldor Shomurodov, 5.5 ball:
Eldor 65-daqiqada Mxitaryan o‘rniga maydonga tushdi. Ayniqsa, pressingda juda faol bo‘ldi. Biroq, raqib darvozasiga xavf sola olmadi.
Temmi Aboaxam, 5.5 ball:
Temmi sintetik qoplamali maydonda o‘ynashga tayyor bo‘lmasa-da, uchrashuvda qatnashishdan qo‘rqmadi. Lekin o‘zidan kutilgan porloq o‘yinni ham ko‘rsata olmadi.
Joze Mourino, 5 ball:
Norvegiyalik futbolchilar “Roma”ning juz’iy xatolaridan unumli foydalanishni uddalay oldi. Mourino Mattias Vinani boshlang‘ich tarkibga qo‘shib adashdi. Endi Rimda yaxshiroq taktika va tarkib tanlashiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi