09:06 / 09.04.2022
1 071

«Manchester Siti» yillar davomida BAA hukumati tomonidan moliyalashtirib kelingani aniqlandi

«Manchester Siti» yillar davomida BAA hukumati tomonidan moliyalashtirib kelingani aniqlandi
Kollaj: Der Spiegel
«Manchester Siti» xo‘jayinining kompaniyasi BAA hukumatiga aloqadorligi, ular klubni moliyalashtirib kelayotgani aniqlandi.

Der Spiegel nashri ingliz klubi faoliyatiga oid yangi tekshiruvni e’lon qildi. Xususan, unda aytilishicha, shayx Mansurga tegishli Abu Dhabi United Group Investment & Development (ADUG) kompaniyasi BAA rasmiylariga aloqador.

ADUG 2008 yildan to 2021 yilga qadar jamoaning rasmiy egasi edi, shundan so‘ng klub Mansurga tegishli bo‘lgan boshqa kompaniya tomonidan qabul qilingan. BAA rasmiylari ADUG xususiy kompaniya ekanligi va Mansurning ingliz jamoasi boshqaruvida bo‘lishi uning shaxsiy sarmoyasi natijasi ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

Moliya vazirligi Sport arbitraj sudi (CAS) oldida bergan ko‘rsatmalarida ADUG’ning BAA hukumati yoki Abu-Dabi amirligi bilan aloqasi yo‘qligini aytib o‘tgan.

Biroq Football Leaks tomonidan hujjatlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ADUG’ning klubga to‘lovlari davlat organi tomonidan tasdiqlangan. Ichki hujjatlarga ko‘ra, Ijro ishlari boshqarmasi (EAA) kompaniya hisoblarini boshqaradi.

Abu-Dabi amirligining amaldagi bosh vaziri Haldun al-Muborak davlat investitsiya fondi rahbari, shuningdek, «Manchester Siti» boshqaruv raisi hisoblanadi. Ehtimol, bu pul oqimi uning ruxsati bilan boshlangan.

«Manchester Siti» agentlik to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha so‘rovlarni EAA bosh maslahatchisiga yuborgan, homiylardan biri Etisalat kompaniyasiga tegishli hisob-fakturalar tashkilotning moliyaviy direktori Omad Avadga yuborilgan.

«Omar EAA’da ishlaydi va ‘Manchester Siti’ni moliyalashtirishda yordam berishda juda muhim va foydali ishlarni amalga oshirdi», — deb yozgan klub boshqaruv a’zosi Saymon Pirs 2014 yil yanvar oyida o‘z hamkasbiga.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» yillar davomida BAA hukumati tomonidan moliyalashtirib kelingani aniqlandi