Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha “Ramadan open” xalqaro turniri yakunlandi. An’anaviy tarzda 27-marotaba tashkil etilgan hamda rapid va blis yo‘nalishlarida o‘tkazilgan ushbu musobaqada dunyoning 35 davlatidan 200 nafardan ortiq mahoratli shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surishdi.
Quvonarlisi, blis yo‘nalishida o‘tkazilgan turnirda hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni egalladi hamda oltin medal va kubok bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yana bir xalqaro grossmeysterimiz Javohir Sindorov esa 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarovdan tashqari Nilufar Yoqubboyeva hamda Shahnoza Sobirovalar himoya qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda