17:08 / 10.04.2022
1 178

Hamma “Paxtakor”ni tanqid qilmoqda. Ayb kimda: futbolchilardami yoki murabbiyda?

Hamma “Paxtakor”ni tanqid qilmoqda. Ayb kimda: futbolchilardami yoki murabbiyda?
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Al-Ta’vun" - "Paxtakor" bahsi o‘tkaziladi. Uchrashuv tunda 11 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:15ga belgilangan. Bellashuvga "Qirol Abdulloh Sport Citi" stadioni menbonlik qiladi.

“Sherlar” ilk turda Eronning “Sepaxon” klubi bilan to‘qnashdi va 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng ko‘pchilik jamoani tanqid qildi. Murabbiy ham, futbolchilar ham qolmadi. Lekin hali salbiy fikr bildirishga biroz erta, nazarimizda. Chunki OCHLning endigina bitta turi o‘tkazildi xolos. Agarda toshkentliklar guruh bosqichidan chiqa olmasligi aniq bo‘lganda shunday gaplarni aytsak yarashadi. Biroq hozirdan shoshilmaslik darkor.

Jamoa nega mag‘lubiyatga uchradi? Buni hamma har xil talqin qilmoqda. Kimlardir murabbiyni ayblasa, boshqalar futbolchilarni.

“Paxtakor” ikki xil taym o‘tkazdi. Dastlabki 45 daqiqalikda Slavche shogirdlari yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bitta gol urdi va yana bir nechta vaziyatlar ko‘kka sovurildi. Ikkinchi bo‘limda ana shu qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar jamoa zarariga ishladi. Futbolda shunday: sen urmasang, sengga urishadi. Eronliklar 3 bor toshkenliklar darvozasini ishg‘ol qilib, iroda namoyish etdi. Raqib murabbiyi ham o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Vakillarimizning nozik tomonidan foydalandi. Buni o‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Sepaxon” murabbiyi aytib o‘tdi: “raqibni o‘rganish chog‘ida jarima zarbalari, standart vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘yishini, bundan foydalanishimiz mumkinligini sezgandim”.

Ko‘pchilik Slavche Voyneskidan ham mana shunday yurishni kutdi. Biroq bu juda mushkul edi. Shota Arveladze yaratgan uslubdan futbolchilarning chiqib ketib, boshqacha harakat qilishi qiyin bo‘lmoqda. Gruziyalik mutaxassis ham uch yarim yilda “Paxtakor”ni yuqori darajaga olib chiqdi. Xatto uning ishini yordamchisi Piter Xyuistra davom ettirib, nimalarnidir o‘zgartirishga urindi. Biroq uddalay olmadi. Arveladze davridagi sharoitlar juda ham zo‘r edi. Qolaversa, Shota ham natijaga erishgunga qadar tanqid ostida qolgan. Oxirgi mavsumida u o‘zi targ‘ib qilgan o‘yin uslubining eng yuqorisini ko‘rsatdi. Tarkibni gapirmasa ham bo‘ladi.

Bir paytlar Xosep Gvardioladan keyin “Barselona” boshqaruviga kelgan murabbiylar ko‘ngildagidek ishlay olmagan. Chunki Gvardiolaning uslubi futbolchilarning qon-qoniga singib ketgandi. Bundan qutilish oson emasdi.

Endi o‘zingiz o‘ylang, Slavche Voyneski umuman boshqa dunyo vakili. Uning uslubi boshqa. Buni ko‘rsatishi uchun vaqt kerak.

“Paxtakor” tarkibda o‘zgarishlar qildi. Ayniqsa, himoyada. Lekin jamoaning o‘yin uslubini belgilaydiganlar asosan yarim himoyachilar. Bu pozitsiyadagilar esa Arveladze yig‘ib ketgan futbolchilar sanaladi. Ular yangi murabbiyni, yangi murabbiy futbolchilarni o‘rganib, o‘rgantguncha vaqt talab etiladi.

Hozirning o‘zida mutaxassisning ishidan qoniqish hosil qilmay uni almashtirilsa, foyda keltirishini biror kim aniq ayta olmaydi. Boz ustiga kechuvda otlar almashtirilmaydi, degan naql bejiz emas.

Slavche Voyneski uchun qiyin sinovlar boshlandi. “Paxtakor”ning asosiy kuchi OCHLda bilinadi. Bunda tabiiyki Slavche va Shota solishirilaveradi. Lekin davrlar orasida farq, ya’ni sharoitlarda farq katta edi. Shuning uchun buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Mag‘lubiyatda kamchiliklar aytib, tanqid qilinadi. Biroq birgina imkoniyat boy berilsa murabbiyni ko‘mib yubormaylik. Chunki bu - OCHL. Agar Superliga bahslari bo‘lganda mayli edi. Xalqaro miqyosda “Paxtakor” yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Jamoaning g‘alabalari hali oldinda ekanligiga ishonib, omad tilaylik. Chunki “Paxtakor” va “Nasaf” qancha ko‘p zafar quchsa va uzoqroqqa borsa, keyingi yillarda kvotalarimiz yanada yaxshilanishiga olib keladi!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamma “Paxtakor”ni tanqid qilmoqda. Ayb kimda: futbolchilardami yoki murabbiyda?