
Osiyo Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Vehdat" uchrashuvida vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Guvohi bo‘lganingizdek, ikki xil taym ko‘rdik. Birinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga qiynaldik, ammo ikkinchi 45 daqiqalikda rejalarimizni maydonda ko‘rsata oldik. Raqib to‘p nazoratini yaxshi amalga oshirgani uchun birinchi taymda bu oson kechmadi. Ikkinchi bo‘limga kelsak, raqib charchadi va biz bo‘lim oxirida hujumlar sonini oshirdik, natijada, gol urishga muvaffaq bo‘ldik.
Hozircha guruh peshqadami bo‘lib turibmiz. Ammo birozdan so‘ng kvartetdagi ikkinchi bahs start oladi. Bu bellashuv natijasi haqida nimadir deya olmayman. Bu - futbol. Oldimizda yana 4 ta o‘yin bor, barchasi o‘zgarib ketishi mumkin".
Marko Stanoyevich: "Biz bugun o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimiz, darajamiz va mentalitetimizni ko‘rsatishga harakat qildik, murabbiyning ko‘rsatmalari bizga katta yordam berdi, shu omillar g‘alabaga sabab bo‘ldi deb o‘ylayman". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar