13:10 / 13.04.2022
1 214

"Bu jamoaning falsafasiga, murabbiyiga tan berganman" - "Paxtakor" va "Nasaf"ning o‘yinlari mutaxassis nigohida

"Bu jamoaning falsafasiga, murabbiyiga tan berganman" - "Paxtakor" va "Nasaf"ning o‘yinlari mutaxassis nigohida
OCHLning ikkinchi turida jamoalarimiz muhim uch ochkolarga ega chiqishdi. Biz esa o‘z o‘rnida mutaxassis fikriga quloq tutish maqsadida taniqli sobiq futbolchi Akmal Xolmatovga yuzlandik.

Murabbiy dastlab "Paxtakor" va "Nasaf"ning o‘yinlaridagi o‘zgarish, taassurotlar haqida gapirdi. Sobiq to‘p tepar nimaning hisobiga bunday vaziyatlar bo‘lganini tushuntirdi.

- "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham birinchi turni yomon o‘tkazishmadi. To‘g‘ri natija biz kutgandek bo‘lgani yo‘q. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ikki jamoamiz uchrashuvda birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. "Paxtakor"da yangi murabbiy va himoya chizig‘i ham yangilangan. Ularga vaqt kerak. Jamoaning o‘yini fursat o‘tgan sari yanada yaxshilanadi. Har qanday xalqaro turnirda jamoalarimiz ilk o‘yinda qiynaladi. Qandaydir o‘zimizga ishonch yetishmaydimi, bilmadim. "Al Taavon" bilan bahsda jamoaning o‘yinida o‘zgarish sezildi. Lekin unutmaslik kerakki, "Sepaxon" futbolchilari ham o‘sha kuni "Paxtakor"ga qaraganda mazmunliroq to‘p tepgandi. Menimcha, Sherzod A’zamovning asosiy tarkibga kiritilgani foyda keltirdi. Shuning hisobiga himoyada palapartishliklar ko‘zga tashlangani yo‘q. Futbolchilar ancha intizomliroq harakat qilishdi.

Jamoaning hujum chizig‘idagi muammolar haqida avval aytib o‘tgan edik. Mana shu omil "Paxtakor"ga natija keltirishda to‘siq bo‘layotgani yo‘qmikan? Mutaxassisimiz fikrimizni inkor qilgan holda qo‘shimcha qildi.

- Fikrimcha, hujumchi bilan bog‘liq muammo yo‘q. Chunki Sardor Rashidov, Aziz Turg‘unboyev, Xojimat Erkinovda tezkorlik, aniqlik bor. Ular bemalol gol ura olishadi. "Paxtakor"dek buyuk jamoa bitta futbolchiga bog‘lanib qolishi kerak emas. Dragan Cheran jamoaning haqiqiy matori. Legioner nomiga mos. Sharkich ham, Mirahmadov ham hali o‘zini ko‘rsatadi.

Dastlab Qatar klubi "Al Sadd"dan ochko olgan "Nasaf" ikkinchi o‘yinda Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasini ishonchli hisobda taslim qildi. Akmal Xolmatovning bu boradagi fikrlari shunday bo‘ldi:

- "Nasaf" o‘z uslubida, yoshlarga ishonch bildirgan holda bir necha yildan beri barqaror o‘ynab kelyapti. Men bu jamoaga, murabbiyiga, falsafasiga tan berganman. "Al Vihdat" bilan uchrashuvda butun jamoa ishladi. Murabbiylar to‘g‘ri zaxiralarni amalga oshirishganining samarasi desak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bu jamoaning falsafasiga, murabbiyiga tan berganman" - "Paxtakor" va "Nasaf"ning o‘yinlari mutaxassis nigohida