1 273
Ro‘ziqul Berdiyev: "Al Faysali" juda tartibli o‘ynaydigan, kuchsiz taraflarini ko‘rsatmaydigan jamoadek ko‘rindi"
Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni) uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlar savoillariga javob qaytardi.
"Al Faysali" – kuchli va mahoratli futbolchilarga ega, o‘yinni yaxshi tashkil qiladigan jamoa. Biz jamoaning 2 ta o‘yinini tahlil qilib chiqdik va tasavvurga egamiz. O‘ylaymanki, jamoamiz ertangi o‘yinga har tomonlama tayyor", – dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
- "Al Faysali" "Al Sadd"dek kuchli klubni mag‘lub eta oldi. Jamoaning qaysi tomonlama omadi keldi deb o‘ylaysiz?
- Omadga bog‘lamagan bo‘lardim. Biz ko‘rdikki, jamoa har ikki turda juda yaxshi harakat qildi. "Al Faysali" jamoaviy yaxshi o‘ynaydi. O‘yinchilarining saviyasi yuqori. Ularning qabul qilgan qarorlari evaziga jamoa zafar quchdi.
- Sizningcha, "Al Faysali"ning kuchsiz taraflari nimada?
- Buni bu yerda muhokama qilmoqchi emasman. Tahlil qilib chiqdik. Albatta, "Al Faysali"ning ham kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Alohida aytish kerak, "Al Faysali" juda tartibli o‘ynaydigan, kuchsiz taraflarini ko‘rsatmaydigan jamoadek ko‘rindi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 15 apreldan 16 aprelga o‘tar kechasi 01:15 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"