964
"Paxtakor" Cheransiz ham o‘ynay olishi mumkin. "Nasaf" barchasini to‘g‘ri qilyapti, faqat..." - Mutaxassis fikri
OCHL 2-turida O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan ikki klubimiz ham mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab Ernan Krespo boshchiligidagi "Al Duhail"ga qarshi maydonga chiqqan "Paxtakor" umumiy o‘yin suratini olganda yomon harakat qilgani yo‘q. Deylik, futbolchilar shu kuni raqibdan qo‘rqmay hujum qilishdi, hattoki ikki bor hisobda oldinga ham chiqib olishdi. Biroq doimgidek himoyadagi muammolar bu safar ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi, deya olamiz. O‘yinlar va vaziyatlar tahliliga o‘tishdan avval mutaxassis fikriga quloq tutamiz. Bunda bizga sobiq futbolchi, "Paxtakor" safida bir necha bor OCHLda to‘p tepgan Asror Aliqulov yordam beradi. Murabbiy fikri davomida "Nasaf"ning kechagi o‘yiniga ham bevosita to‘xtaldi.
- Bugun oqshomda o‘tkazilgan o‘yinga kelsak, "Nasaf" uchta o‘yinda ham yomon taassurot qoldirgani yo‘q. Birgina vaziyatda diqqatning yo‘qolishi golga olib keldi. Jamoa o‘yinni nazorat qildi. Vaziyatlar yaratdi. Buni statistika ham aytib turibdi. Qarang, raqib darvozaga bitta aniq zarba bergan va o‘sha gol bilan tugagan. Hujumlarni yakunlashda omadmi yoki mahoratmi yetishmayapti. Umuman olganda hech qaysi bahsda raqiblardan o‘yin tomonlama qolishmayapti. "Nasaf"ning o‘yinini bilasiz, kerakli joyda tempni oshiradi yoki tushiradi. Lekin oldingi chiziq vakillariga o‘sha temp yetishmadi. Hujumchilarda go‘yo agressivlik kamlik qilayotgandek ko‘rinmoqda. Norchayevda tajriba yetarli emas. OCHL boshqa darajadagi musobaqa. Legioner hujumchi esa o‘ziga o‘xshayotgani yo‘q.
Darhaqiqat legionerlar haqida gap borar ekan, raqib jamoa safida o‘yinni ularning bir o‘zi hal qilib ketayotganini ko‘ryapmiz. Edmilson 3ta gol bilan "Al Duhail"ga g‘alabani olib bergan bo‘lsa, Julio Tavares "Nasaf" himoyasidagi birgina xatodan gol urib ketdi. Afsuski, hozirda ikki klubimiz ham legioner borasida maqtana oladigan darajada hisoblanmaydi.
- "Paxtakor"da legionerlar shu maqomga mos o‘yin ko‘rsatmoqda, deyish qiyin. Bu nomni oqlashmayapti, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Yuqorida aytganingizdek, boshqa jamoalarda xorijlik futbolchilar g‘alabani ta’minlamoqda. "Sherlar" safida Dragan Cheran jarohat olib maydonni tark etdi. Menimcha jamoa ushbu futbolchisiz ham o‘ynay olishi mumkin. Ikrom Aliboyev hujumlarni boshlashda, jamoadoshlarini vaziyatga chiqarishda juda faol. "Paxtakor" bitta futbolchining qurboniga aylandi.
Epizodni ko‘rsak, Edmilson qarshisidagi bitta himoyachini bemalol aldab ketyapti. Unga muammo tug‘dirayotgani yo‘q. Bunga boshqacharoq yondashish kerak. Agarda yana bir futbolchi yordamga kelganida o‘ng oyog‘ida tepishga yo‘l qo‘ymasdi. Deyarli barcha gollar bir xil urildi. O‘yinda markaziy himoyachilarning o‘rni katta. A’zamovning qaytgani ishonch berdi. Lekin Larin haqida unday fikrda emasman. U ishonchsiroq o‘ynamoqda.
"Paxtakor" oldingi chiziqda ko‘p imkoniyat yaratdi. Xojimat Erkinov, Sardor Rashidov qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Odatda murabbiylar tomonidan individual va yuqori saviyali hujumchilarga qarshi himoyachilarga yaxshilab ko‘rsatma beriladi. Bitta futbolchi uni kutib olyaptimi, ikkinchisi "straxovka" qilishi kerak. Kuchli tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Edmilson bitta harakat bilan aldab, ikkinchi harakatda darvozaga gol uryapti. Yana bir futbolchi yaqinroq o‘ynaganida oldini olish mumkin edi.
Oldinda hal qiluvchi 3ta o‘yin qoldi. Jamoalarimiz guruhlaridagi barcha bilan o‘ynab kerakli xulosalarni chiqarishdi, degan umiddamiz. O‘tgan o‘yinlardagi xatolardan so‘ng nimani o‘zgartirish talab qilinadi? Qisqa vaqtda qaysi muammolarni bartaraf qilish kerak? Mutaxassisimizning javobi shunday bo‘ldi.
- Javob uchrashuvlarida "Paxtakor" va "Nasaf" yana shu jamoalar bilan to‘qnash keladi. O‘sha futbolchilar, legionerlar. Balki Slavche Voyneski taktik o‘zgarishga qo‘l urishi kerakdir. Tayanch yarim himoyachilari mudofaa chizig‘i vakillariga yaqin o‘ynashi zarur. Aks qolda yana Edmilsonga imkoniyat yaratib berishadi. "Nasaf" bu o‘yini bilan mag‘lub bo‘lmasligi kerak. Chunki jamoa barchasini to‘g‘ri qilyapti. Faqat hujumchilardan faollikni oshirish qoldi, xolos. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"