Nikolo Dzanoloning o‘yini kuchayib borayotganiga qaramay, “Roma” rahbariyati yozda uni sotib yuborishga tayyorlanmoqda.
Gap shundaki, hujumkor futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumdan keyin yakunlanadi. 22 yoshli o‘yinchi va klub o‘rtasida yangi kelishuv bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topmadi. Tomonlar bir qarorga kela olmagan.
Aniqrog‘i, rimliklar Nikologa har yili 6 million yevro atrofida maosh bermoqchi. Bu o‘yinchini qoniqtirmayapti.
Shu bois, Rim klubi Dzanoloni yozda sotib yubormoqchi. Hozircha, ular qaysi klub 60 million yevro atrofida mablag‘ taklif qilsa, hujumchini o‘sha klubga jo‘natmoqchi.
Dzanologa A Seriyaning o‘zidan “Yuventus” va “Napoli” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Agar Nikolo yangi shartnoma imzolamasa, “Roma” yozda uni sotib yuborishi kerak bo‘ladi. Chunki transfer kelasi yili yozga qolsa, o‘yinchining shartnomasi oxirlab qoladi va uning narxi tushib ketadi.
Raqib “Roma” himoyachisini so‘rayapti
Joze Mourino “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qolgan yosh himoyachi Marash Kumbulla o‘ziga berilgan kam sonli imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, jamoaning yetakchi himoyachilaridan biriga aylandi.
Hozir albaniyalik himoyachiga yangi da’vogarlar chiqyapti. Xususan, “Milan” himoyachisi Alessio Romanolini poytaxtga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan “Latsio” endi asosiy raqobatchilaridan bo‘lgan “Roma” vakilini ham olmoqchi.
Aslida Kumbulla “Verona”ga tegishli hisoblanadi, lekin uzoq muddatli ijara asosida “Roma” sharafini himoya qilyapti.
“Roma”da bu o‘yinchini “Verona”dan to‘liq sotib olib, keyin boshqa jamoaga transfer qilish imkoniyati ham bor.
“Roma”ga Bundesligadagi o‘yinchi kerak
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto yosh darvozabon Mila Svilar transferini uddalaganidan keyin boshqa nishon – “Xoffenxaym” yarim himoyachisi Florian Grillichni poutaxtga olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Ayni paytda Pinto futbolchining agentlari bilan doimiy aloqani ushlab turibdi. 26 yoshli avstriyalik o‘yinchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Bu o‘yinchi kuchliroq klubga o‘tish maqsadida “Xoffenxaym” bilan yangi kelishuv imzolashdan bosh tortdi.
Tajribali futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritish imkoniyati boshqa klublarning ham e’tiborini tortmoqda.
DailyMail nashrining xabar berishicha, Florian Grillichga Angliya premer-ligasi vakillaridan “Arsenal”, “Nyukasl”, “Everton” va “Lids” kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildiryapti.
Demak, Joze Mourino o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan o‘yinchini olish rimliklarga oson bo‘lmaydi.
Abraxam tarixiy rekord ostonasida
“Roma”da debyut mavsumini o‘tkazayotgan “Chelsi” tarbiyalanuvchisi Temmi Abraxam poytaxt klubida gol urish bo‘yicha tarixiy natijalarni qayd eta boshladi.
Angliyalik hujumchi bu mavsumda A Seriyada 15 ta, Konferensiyalar ligasida 8 ta va Italiya kubogida bitta, jami 24 ta gol urib, “Roma”dagi birinchi mavsumida ko‘p gol urish bo‘yicha Roberto Folk rekordini takrorladi.
Roberto Folk klub tarixida uzoq davom etib kelayotgan rekordini 1929-1930 yilgi mavsumda o‘rnatgan edi.
Temmi Abraxam yana bitta gol uradigan bo‘lsa, 90 yildan o‘tgan rekordni yangilaydi. Buning uchun 24 yoshli hujumchida imkoniyat ham, vaqt ham, bo‘lajak o‘yinlar ham yetarli darajada. Qolaversa, futbolchining jismoniy holati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bosh murabbiy Joze Mourino Abraxam har bir uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushurmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi