3 358
Shomurodov darajasini ko‘rsatib qo‘ydi! Italiya matbuoti legionerimiz o‘yinini qanday baholadi?
“Roma”ning A Seriyadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 13-uchrashuvga kelib to‘xtadi. A Seriyaning 34-turida Joze Mourino shogirdlari Milanga borib, amaldagi chempion “Inter” mehmoni bo‘ldi.
“Inter” muxlislari Joze Mourinoni ham, rimlik futbolchilarni ham iliq qarshi oldi. Chunki ular Joze Mourino o‘z davrida “Inter”ni katta g‘alabalarga yetaklagani va qudratli jamoaga aylantirganini unutgani yo‘q.
O‘yinda ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi va Simone Indzagi shogirdlari buning samarasida 51-daqiqagacha uchta gol urib, uchrashuv taqdirini hal qilib qo‘ya qoldi. “Roma” oxirgi o‘n daqiqalikda zaxiradan tushgan o‘yinchilar harakati bilan o‘yinni o‘z qo‘liga oldi.
Italiya futboliga ixtisoslashgan www.calciomercato.com mutaxassislari uchrashuvdan so‘ng “Roma” futbolchilari harakatlarini quyidagicha baholadi.
Ruy Patrisio, 5.5 ball:
Tajribali posbon Dumfris va Brozovich zarbalari qarshisida ojiz qoldi. Lautro gol urgan vaziyatda ham jamoasini qutqarishi mumkin edi.
Janluka Manchini, 5 ball:
Manchini Brozovichga qarshilik ko‘rsata olmadi va xorvat futbolchisi jamoasi g‘alabasini mustahkamladi.
Kris Smolling, 5 ball:
Brozovichning fintiga aldanib, uning aniq zarba berishiga to‘sqinlik qila olmadi. O‘z darajasida o‘ynagani yo‘q.
Rojer Ibanes, 6 ball:
Mudofaa vakillari orasida bor e’tiborini o‘yinga qarata olgan yagona himoyachi bo‘ldi.
Rik Karsdorp, 5 ball:
Hujumga qo‘shilishida juda ko‘p kamchiliklari ko‘zga tashlanmoqda. Bu gal Rik himoyalanishda ham pand berib qo‘ydi. Ivan Perishich Karsdorpni ancha qiynab qo‘ydi.
Genrix Mxitaryan, 6 ball:
Har doimgidek foydali o‘ynashga harakat qildi. Biroq bu gal himoyachilar oldida imkoniyati cheklangani ko‘rinib qoldi. Eldor Shomurodovning juda qulay pasidan keyin gol urishga erishdi.
Serjiu Oliveyra, 5 ball:
Oldinga o‘tishni uddalay olmadi. Juda bo‘sh o‘ynadi.
Nikola Zalevski, 5 ball:
Mourino chap qanotni egallashini tayinlagan Zalevski himoya chizig‘idan oldinga chiqa olmadi. Barella va Demfris unga o‘yin bermadi.
Lorenso Pellegrini, 5 ball:
To‘pni ko‘p yo‘qotdi. O‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi. O‘rnini Jordan Veretuga bo‘shatib berdi.
Jordan Veretu, 6 ball:
O‘yinga tushishi bilan “Roma” maydon markazini qo‘lga oldi.
Stefan El-Shaaravi, 5 ball:
Shkrinyar va Perishich Stefanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O‘rniga Karles Peres tushdi.
Karles Peres, 6 ball:
Ancha faol o‘ynadi. Bir vaziyatda to‘pni qulay pozitsiyada turgan Shomurodovga uzatmadi. Ochiqchasiga qizg‘anchiqlik qildi va rimliklar hisobni qisqartirish imkonini qo‘ldan boy berdi.
Temmi Abraxam, 5 ball:
Jamoadan uzilib qoldi. Jamoadoshlarini pressing qilishga undagan bo‘lsa-da, buning imkoni bo‘lmadi. O‘rnini 78-daqiqada Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Eldor Shomurodov, 6 ball:
Asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazayotgan o‘zbek futbolchisi o‘ziga berilgan bir necha daqiqa ichida raqibning mustahkam himoyasini yorib o‘tdi. Mxitaryanning gol urishi uchun juda qulay to‘p oshirib, hamon “Roma”ga foyda keltirishi mumkinligini isbotlab qo‘ydi.
Joze Mourino, 5 ball:
“Roma”ga “Inter” bilan bo‘lgan o‘yinda yangi g‘oyalar yetishmadi. Bu bosh murabbiyning kamchiligi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar