
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Sadd" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
O‘yindan so‘n Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida "ajdarlar" murabbiyining fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Hammaga xayrli kech. Bugungi g‘alabaning asosiy omili o‘yinni yaxshi tashkil qilganimiz bo‘ldi. Shuningdek, raqibning kuchli taraflarini yopishga futbolchilarimiz intilishdi. Ikkinchi bo‘limda hujumda ham omadimiz keldi.
Bizning bu turnirda maqsadoarimiz jiddiy edi. O‘z maqsadimizdan qaytmaymiz va keyingi o‘yinda ham yaxshi harakat qilib, guruhdan chiqish uchun oxirigacha harakat qilamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar