
Yevropa chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "shaharliklar" 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mezbonlar safida De Bryuyne, Jezus, Foden hamda Bernardo gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Qirollik klubi" tarkibida Benzema dubl qayd etdi. Shuningdek, Vinisius bir bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 5 may sanasida bo‘lib o‘tadi.
"Manchester Siti" – "Real Madrid" 4:3
Gollar: 1:0 – 2 de Bryuyne, 2:0 – 11 Gabriel Jezus, 2:1 – 33 Benzema, 3:1 – 53 Foden, 3:2 – 55 Vinisius Junior, 4:2 – 74 Bernardu Silva, 4:3 – 82, penalti Benzema.
"Manchester Siti" – Ederson, Stounz (Fernandino, 36), Laport, Ruben Diash, Zinchenko, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Marez, Gabriel Jezus (Sterling, 83).
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba (Nacho, 46), Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 79), Kroos, Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 88), Rodrigo (Kamavinga, 70).
Ogohlantirish: Fernandino (81). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing