Bugun Osiyo chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Al Vihdat" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Qarshining "Nasaf" klubida keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor.
1."Nasaf" g‘alaba qozonsa va "Al Faysali" "Al Sadd"ni yuta olmasa (durang yoki mag‘lubiyat) "Nasaf" guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi va keyingi bosqichga chiqadi.
2."Nasaf" durang o‘ynasa guruhda ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadi.
3."Nasaf" bir yoki ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lsa ham Qarshi klubi guruhdan ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.
4."Nasaf" uch va undan ortiq to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lsa "Al Vihdat" guruhda ikkinchi o‘rinni egallaydi va "Nasaf" pley-offga chiqa olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Al Vihdat" - "Nasaf" uchrashuvi bugun, 27 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.
Ko‘rib turganingizdek, "Nasaf"da keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Asosiysi hammasi jamoaning o‘z qo‘lida!
Ayni payt OCHL 1/8 finaliga yo‘l olgan jamoalar:
1. "Al-Hilol"
2. "Al-Shabab"
3. "Fulad"
4. "Al-Duhail"
5. "Al-Rayyan"
6. "Shabab Al-Ahli"
7. "Al-Faysali"
Ma’lumot uchun, g‘arbiy mintaqada 5 ta guruhdan 3 ta eng yaxshi 2-o‘rin sohiblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!