
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan o‘yinda «OKMK» 27 aprel, chorshanba kuni «Qo‘qon-1912» bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Sanjar Tursunov hisobni ochdi. 49-daqiqada San’an Shixov avtogol urib, mezbonlarning ishonchli g‘alabasiga yordam berdi. Uchrashuvning 30-daqiqasida «Qo‘qon-1912» a’zosi Dilshod Rahmatullayev qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng olmaliqliklar ochkolari sonini 6 taga yetkazdi va 6-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. «Qo‘qon-1912» esa 6 ochko bilan 7-o‘rindan joy oldi.
«OKMK» — «Qo‘qon-1912» 3:0
Gollar: 1:0 — 22 Sanjar Tursunov, 2:0 — 49 San’at Shixov (avtogol), 3:0 — 90+2 Siyavush Haqnazari.
«OKMK»: 35. Valijon Rahimov (1. Botirali Ergashev, 46), 70.Mirg‘iyos Sulaymonov ( 7. Dilshod Ahmadaliyev, 46), 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 2. Akrom Komilov, 8. Abdulla Abdullayev, 17. Sanjar Tursunov (4. Mirjamol Qosimov, 78), 63. Alisher Jalilov (88. Siyavush Haqnazariy, 68), 22. Shohruh Gadoyev, 23. Aleksandr Kasyan (27. Martin Boake, 73), 10. Xurshid G‘iyosov.
«Qo‘qon-1912»: 1. Muzaffar Abdullayev, 5. Slavko Lukich, 6. Dilshod Rahmatullayev, 7. Jamshid Hasanov, 8. San’at Shixov, 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (22. Sardor Etovqo‘ziyev, 75), 18. Shahzod Nurmatov (11. Mo‘min Meliyev, 66), 33. Ivan Yosovich, 70. Bilolxon Toshmirzayev ( 13. Sardor Azimov, 66).
Ogohlantirishlar: San’at Shixov (27), Akrom Komilov (40), Abdulla Abdullayev (85), Sardor Azimov (89), .
Chetlatish: Dilshod Rahmatullayev (30). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar