00:24 / 28.04.2022
891

OCHL. "Nasaf" "Al Vihdat" bilan durang o‘ynab, nimchorak finalga yo‘l oldi

OCHL. "Nasaf" "Al Vihdat" bilan durang o‘ynab, nimchorak finalga yo‘l oldi
Hozirgina Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqich so‘nggi turidan o‘rin olgan "Al-Vehdat" hamda "Nasaf" jamoalari bahsi o‘z yakuniga yetdi.

Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan uchrashuvda 2:2 hisobida qayd etildi. Shu tariqa "Nasaf" 9 ochko bilan "E" guruhida 2-o‘rinni egalladi va pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Al Vihdat" - "Nasaf" 2:2
Gollar
: Marko Stanoyevich (Oybek Bozorov) 3', Muhammad Anas (Holid Assam) 34', Husayn Norchayev 59', Muhannad Mahmud (Muhammad Anas) 82'
"Al Vihdat": 1.Ahmad Navvas, 2.Muhammad Ali Buhashesh, 4.Muhammad Aldmeri, 7.Munter Umar (6.Muhannad Mahmud 75'), 16.Feras Shilbaya, 18.Tariq Hattab, 90.Ahmad Samir, 10.Ahmad Navaf (5.Ahmad Toir) 75', 8.Holid Assam (15.Anas Hamad 60'), 20.Klarens Junior, 21.Muhammad Anas.
Zaxira: 44.Tamer Solih, 88.Murod Arafat, 17.Umar Ahmad, 19.Danial Ahmad, 3.Muhannad Hair, 11.Ahmad Elias, 25.Malik Muhammad.
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 92.Umarbek Eshmurodov (s), 7.Sharof Muhitdinov, 8.Dilshod Saitov, 18.Bahrom Abdurahimov (6.Murodbek Rahmatov 90+1'), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 9.Ivan Solovyov (17.Suhrob Nurulloyev 63'), 10.Husayn Norchayev (99.Semir Smaylagich 63').
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 23.Sardor Sadullayev, 20.Shahzod Akramov, 27.Zafarmurodj Abdirahmatov, 30.Aziz Holmurodov, 70.Asliddin Tursunpo‘latov.
Ogohlantirishlar: Feras Shilbaya 10', Klarens Junior 43'

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Faysali» (9) Qatarning «As Sadd» (4) jamoasi bilan o‘ynaydi. Ammo mezbonlar natijadan qat’i nazar qo‘shimcha ko‘rsatkichlardagi ustunlik evaziga 1-o‘rindan pastga tushib ketmaydi va pley-offda qatnashadi.

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi 1/8 finalda V guruhi g‘olibi, Saudiya Arabistonining «Ash Shabob» klubi bilan to‘qnash keladi. Nimchorakfinal bellashuvlari 2023 yil 3-4 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Nasaf" "Al Vihdat" bilan durang o‘ynab, nimchorak finalga yo‘l oldi