Foto: «Global Look Press»
«Red Canary» kompaniyasi Chrome brauzeridan foydalanuvchilar uchun yangi tahdid paydo bo‘lganidan ogohlantirdi.
So‘nggi oylarda butun dunyo bo‘ylab ChromeLoader zararli dasturi faollashgan, u Google brauzeri sozlamalarini shunchalik o‘zgartirib tashlaydiki, oqibatda qidiruv natijalari qatorida shubhali dasturlar, firibgarlik aksiyalari, «kattalar uchun» saytlar va boshqa nojoiz kontentlarga havola (link)lar aralashib chiqib keladi.
Qidiruv natijalarini soxtalashtirgan xakerlar foydalanuvchilarni qayta manzillash orqali pul ishlashadi: sheriklik dasturlaridan o‘z ulushlarini olib turishadi.
Aytilishicha, ChromeLoader ilovalar va o‘yinlarni buzib kirishga mo‘ljallangan utilita niqobi ostida yashiringan bo‘lib, torrent-fayl orqali tarqaladi. Windows-kompyuterlarga disk obrazi (CS_Installer.exe ijrochi faylli ISO arxivi), macOS kompyuterlarga esa DMG-fayl (Apple Disk Image) vositasida kirib oladi.
ChromeLoader ishga tushirilgach, masofadagi serverdan arxivni yuklab olib, Chrome brauzeri uchun kengaytma sifatida ishga tushiruvchi PowerShell komandasini bajaradi va dekodlaydi. Diqqatga sazovor jihati, kompyuterga virus yuqtirib bo‘linganidan so‘ng hech qanday iz qolmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi