
Foto: NOI.md
Isroilda «devor ortini ko‘ruvchi» radar — «Xaver 1000» ishlab chiqildi. Devor ortidagi ob’ektlarni ham «ko‘ruvchi» yangi avlod portativ radaridan razvedka bo‘linmalari, kuch ishlatar tizimlar va qutqaruvchilar foydalanishi mumkin, deb yozdi «Defence Blog».
Qurilma sun’iy intellektga asoslangan nishonlarni kuzatish algoritmi hamda devorlar ortidagi statik ob’ektlarni vizuallashtiruvchi funksiyaga ega.
Ta’kidlanishicha, vizualizatsiya o‘lchami shunchalik yuqoriki, «Xaver 1000» devor ortidagi odam tik turibdimi yoki o‘tiribdimi, hatto uning tana a’zolarigacha farqlay oladi.
Radar 10,1 dyuymli sensor ekran va uni o‘rnatish uchun shtativdan iborat. Olingan ma’lumotlarni yozib olish xususiyatiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar