Realme eng arzon smartfonlaridan birini taqdim etdi

Realme eng arzon smartfonlaridan birini taqdim etdi
Foto: «GSMArena»
Realme eng arzon smartfonlaridan biri — Realme C30 ni taqdim etdi. Bu haqda «GSMArena» xabar berdi.

Smartfon 5000 mAs sig‘imli akkumulatordan kuch oladi, ekrani — 6,5 dyuym. Realme C30 smartfoniga 12 nm texnojarayondan o‘tgan Unisoc T612 protsessori o‘rnatilgan.
Realme eng arzon smartfonlaridan birini taqdim etdi
Foto: «GSMArena»
Smartfon displeyi — HD+ imkoniyatiga ega suyuq-kristall. Uning yuqori qismida 5 MP selfi kamera joylashgan. Ort qismida 8 MP yagona kamera bor. Uning yonidan svetodiodli chaqin joy olgan.

Xotirasi — 2/3 GB operativ, 32 GB ichki. Xotirani microSD hisobiga 1 TB gacha yetkazish mumkin. Smartfon Android mobil tizimining yengillashtirilgan talqinida ishlaydi.

Realme C30 narxi 100 dollardan boshlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar